Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tomdi tumanida NKMK tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi.