Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan tumanimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun Tomdi tuman hokimligida yirik ishbilarmonlardan biri, “QIZILQUM KVARS" MCHJ rahbari Isoqulov Azizbek tomonidan tuman tashkilot rahbarlari va mahalla faollari bilan muloqoti tashkil etilib, tadbirkor faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirkorlikka qiziqish bildirayotgan, endigina tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar uchrashuvda yurtimizda yaratilayotgan ishbilarmonlik muhiti, yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritildi.