Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashga barchamiz mas’ulmiz

Joriy yilning 11-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tasdiqlanishi davlat oldiga qo‘yilgan vazifalar ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.


“O‘zbekiston–2030” strategiyasidan o‘rin olgan 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsad asosida, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish borasidagi sa’y-harakatlar sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqiladi.

Shu munosabat bilan bugun, 12-son Musiqa va san’at maktabida Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Z.Tulikova va DJTQM Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari A.Ro‘ziqulovlar boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad “O‘zbekiston–2030” strategiyasida ilgari surilgan maqsadlar va ularning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdir.

Yig‘ilish davomida “O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, ularning ijrosini ta’minlash, jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.