Bugun, 22-sentyabr kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi Kun tartibidagi
Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanida 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida. Tuman hokimi Q.Aldabergenov xisobot berdi
Ikkinchi masala Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida. sektor rahbarlarining xisoboti tinglandi
Uchinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tuman Xalq qabulxonasi mudiri T.Medetovning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-10/54-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan” axborotnomasi to‘g‘risida Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri T.Medetovning axboroti tinglandi
To‘rtinchi masala Tomdi tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Umarovning hisoboti tinglandi
Beshinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qororining tumandagi ijrosi to‘g‘risida. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Umarovning hisoboti tinglandi
Oltinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Tuman hokimining o‘rinbosari N.Beknazarov xisobot berdi
Yettinchi masala. “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida. Tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sh’ubasi mudiri K.Alpisbayevning hisoboti tinglandi.
Sakkizinchi masala “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘chimsha chora tadbirlar to‘g‘risidagi Prezidentning joriy yil 11 martdagi PQ-92-sonli Qarorining 3-ilovasi 27-bandning ijrosi to‘g‘risida
Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi L.Bayanasov hisobot berdi
Boshqa masalalar