Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyati davomida Tomdi tumani “Sharq” ovul fuqarolar yiig‘inida bo‘lib, hudud yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, Adliya Vazirligi huzuridagi madad huquqiy himoya tashkilotining ijrochi direktori T.Tursunov, Sport qo‘mitasi vakili B.Mamadnazarov, Yoshlar ishlari agentligi vakili N.Matniyozov, Navoiy viloyat sudi sudyasi B.Imomov, tuman hokimi K.Aldabergenov, sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar, shuningdek, tuman aholisi vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tumandagi “qizil” hududga kiritilgan mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida suhbat o‘tkazildi.