Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"AQTOV" OFYDA UCH AVLOD UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 26 sentyabr kuni “Aqtov” ovul fuqarolar yig‘inida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Samatov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi yetakchi xodimi A.Juzgenov ovul fukarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan faol nuroniylar, hudud yoshlari shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashining raisi L.Bayanasov va “Aqtov” OFY raisi A.Baqtibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Keksalar maslahat guruhi a’zolari yoshi ulug‘ otaxonlar I.Sangarayev,T.Musirbekov va ustoz nuroniy onaxon S.Sidiqovalar o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, bugungi kunda nuroniylik paytida faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik hususida o‘zlarining dil so‘zlarini bildirdilar.

Faxriylarning boy hayotiy tajribalari, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot sari dadil odimlari samimiy suhbatlar, muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Tadbir davomida madaniyat bo‘limi xodimlari va 6-maktab o‘quvchilarining ijro etgan milliy qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi:-
L.Bayanasov