Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Ovulda Sayyor sud majlisi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi D.Ergasheva tomonidan bugun, 27 sentyabr kuni, Tomdi tumani, "Tomdibuloq" ovul fuqarolari yig‘ini binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sayyor sud majlisi davomida 3 nafar shaxsga nisbatan insonparvarlik tamoyillari qo‘llanilib, muddatidan ilgari shartli ravishda tayinlangan jazodan ozod etildi,shuningdek, 1 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi.

Sayyor sud majlisi davomida jami 4 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib tamomlandi.