Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TUMAN HOKIMI “SHARQ” OVUL FUQAROLAR YIG‘INIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LDI

Bugun, Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov, tuman prokurori O.Qurbonov va tuman хalq qabulxonasi mudiri T.Medetovlar “Sharq” ovul fuqarolar yig‘inidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi.

Maktabga tashrif jarayonida tuman hokimi maktabning pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda tugarak darslariga kirib o‘quvchilar bilan suhbatlashdi va ularning orzu-istaklarini tingladi.

Shundan so‘ng Q.Aldabergenov maktab o‘quvchilarga musiqa asboblarni sovg‘a qildi hamda o‘qituvchilarni yaqinlashayotgan 1-oktyabr o‘qituvchilar va murabbilar kuni bayrami bilan tabrikladi.