Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TIBBIYOT SOHASIDA KO‘P YILLIK TAJRIBAGA EGA BO‘LGAN SHIFOKOR

Xalqimiz azal-azaldan inson umrini uzaytirishga xizmat qiluvchi shifokorlik kasbini e’zozlab keladi. Tibbiyot sohasida masalaning katta-kichigi yuq. Shunday ekan, bemorlar dardiga darmon bo‘lib, ularning sog‘lig‘ini tiklasa, hayotga qaytarsa bu bilan butun oilaning baxtini, kelajagini ta’minlagan bo‘ladi.

Ana shunday insonlardan biri sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi Davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, ftiziatr shifokori Yeshniyazova Jangul Umirzaxovna.

Jonkuyar shifokor J.Umirzaxovna Buxoro Davlat Medisina institutini Davolash ishi fakultetini 2006 yili tugatib, tuman tibbiyot birlashmasida ish boshladi.
O‘z ishiga uta ma’suliyatli va xalq salomatligi yulida fidoyilik bilan mehnat qilib kelayotgan shifokor J.Yeshniyazova Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida "Sog‘liqni Saqlash A’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Uzgalarning salomatligi yulida jon berib xizmat qilayotgan Jangul Umirzaxovnaga kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz!

 

TTB Bosh hamshirasi
Dinara Isayeva