Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 29 sentyabr kuni tuman Madaniyat bo‘limida "1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Q.Aldabergenov so‘zga chiqib tumanimizda ta’lim tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbot etdi.

Shundan so‘ng sana munosabati bilan Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi samarali mehnati, fidoyi xizmatlari uchun 9 nafar o‘qituvchi va murabbiylar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda tuman prokurori O.Qurbonov, IIB boshlig‘i A.Ikromov tumandagi barcha o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlarining konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.