Milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish bo‘yicha Nuroniy jamg‘armasi viloyat bo‘limi tomonidan berilgan vazifalarni bajarish shuningdek, bo‘limimiz rejalariga asosan birqancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanimizda qator chora-tadbirlar amalga oshirilib bugungi kuni hudud bo‘ylab davom etmoqda.
Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, muruvvat va mehr-oqibat, sahovatpeshalik alohida tilga olinadi.
Chindan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari, sa’y-harakatlari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Binobarin, inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish, nuroniylarni e’zozlash voyaga yetayotgan yosh avlodni qadrlashdek ulug‘vor maqsadlar mujassam.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Tomdi tumani ovul fuqarolar yig‘inlarida reja grafigiga asosan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 4 oktyabr kuni "Nuroniy jamg‘armasi" tuman bo‘limi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.Norqulov poliklinika mudiri shifokor J.Medetova va bo‘lim mudiri shifokor S.Orazimbetov bilan xamkorlikda shifoxonalardagi keksa otaxon va onaxon bemorlar holidan xabar olindi.
Bemorlarga tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Bayanasov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda keksalarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirilganligi, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, salomatligini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ekanligi bu borada Prezidentimizning 2022 yil 15 martdagi PQ-167- sonli qarori bo‘yicha atroflicha tushunchalar berdi.
Shu kuni mahallaga biriktirilgan tibbiyot xodimlari bir guruh keksalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
-“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalkimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi”ning o‘tkazilayotganligidan keksalarimiz juda mamnun. Bu kabi keng qamrovli tadbir tez-tez o‘tkazib turilishi keksalar uchun ham, yoshlar uchun ham juda foydali bo‘ladi,-deydi Tomdibuloq ovul fukarolar yig‘ini oqsoqollaridan Serali Orazimbetov.
Tumanda “Keksalar haftaligi” bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlarimiz davom etmoqda.
"Nuroniy jamg‘armasi
Tomdi tuman bo‘limimutaxassisi
N.Qazixanov