Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Keksalar haftaligi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi  

 

Bugun,Tomdi tuman hokimligida tuman hokimi yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Umarov, tuman yoshlar ishlar agentligi rahbari A.Djumomurodov, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Madenov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi, halq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Bayanasov nutq so‘zlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksa avlod vakilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2023 yil 11 martdagi PQ-92-sonli qarorning mazmun mohiyati va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-sonli qarori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilan.

Shu munosabat bilan tumanimiz buylab reja grafikga asosan tadbirlar bo‘lib o‘tayotganligi keksalarimiz jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni halqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni bajarib kelishayotgan muhim ahamiyat kasb etiyotgani aytib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda keksalarni o‘rnini yanada oshirish, yoshlarga har jihatdan namuna bo‘lish, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga va unga amal qilish bo‘yicha fikrlar ham tinglandi.

 

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi