Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"Keksalar haftaligi" doirasida “Keksalik – hayotning ajib fasli” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Keksalik yoshiga yetib borish ham ne’matlardan biri hisoblanadi. Yurtimizning tabarruk yoshdagi otaxon-u onalarimizning holidan xabar olib tursak, ularga imkonimiz darajasida oqibat, mehr-muruvvat ko‘rsatsak ulkan savoblarga ega bo‘lish bilan birga ularning hayotiy tajribalari hamda turmush saboqlaridan foydalana olamiz.

Bugungi kunda Tomdi tumanining rivojiga mehnati singan va hozir esa qarilik gashtini surayotgan nuroniylar soni 1030 tani tashkil etadi.

Aytishimiz kerakki, bugingi kunda faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. "Keksalar haftaligi" doirasida rejalantirilgan tadbirlardan biri joriy yil 6-oktyabr kuni “Tomdibuloq” fukarolar yig‘inida “Bir piyola choy ustida” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ibratli hayot yuli va mehnati bilan aholi o‘rtasida obru-e’tibor qozongan otaxon va onaxonlar ishtirok etib, ibratli hikoyalar va mazmunli suhbatlar o‘tkazdi va Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot sari dadil odimlari samimiy suhbatlar, muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Keksalarimiz bugungi kunda ko‘rsatilib kelinayotgan ehtiromdan mamnun ekanliklarni bildirdilar va yurtimiz rivoji uchun duo qildilar.

Tadbirda tuman hokimi Q.Aldabergenov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Senator Z.Tulekova, tuman xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi N.Karaneyeva ishtiroq etdi.

 

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi