HURMATLI FUQAROLAR!
Joriy yilning 13 noyabr kuni soat 15-00dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U.Muxammadiyev rahbarligida joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya, bojxona rahbarlari ishtirokida Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumanlari aholisi bilan bevosita muloqot qilish orqali sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkaziladi.
Sud-huquq masalalarida qiynab kelayotgan muammolaringiz bo‘lsa, sayyor qabullarga ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
Izoh: qabullar sanasi va o‘tkazish joyi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.