Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Xalqaro qishloq ayollari kuni

15 oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deya e’tirof etilganligining o‘zi ham dunyo hamjamiyatida qishloq ayolini qadrini ulug‘lash yo‘lidagi  munosib harakatlardan biri.

Shu ma’noda bugun, “Keregetov” OFYda sana munosabati bilan tuman mahallalari xotin-qizlar faollarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashlari tufayli uch avlod vakillarini bir dasturxon atrofida to‘plagan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova va tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetovalar ishtirok etib tabir ishtirokchilarini qizg‘in muborakbod etdilar.

Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan  kuy va qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.