Muzey – tabiy, tarixiy esdaliklar, moddiy va ma’naviy madaniyat, shuningdek, ma’rifiy,targ‘ibot ishlari bilan shug‘illanadigan – tarihiy baholi ashyolarni yig‘uvchi, o‘rganuvchi, asrovchi va eksponatlovchi muassasa. Shuning uchun, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni behiyos.
Oilaviy an’analar, milliy urf-odat va dasturlarni mustahkamlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodga tanishtirish, kelajakga milliy meros qadriyatlarni yetkazish, yoshlarda milliy tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan qadriyat va ana’nalarga hurmat ruhini uyg‘otish, yoshlar qalbini milliy qadriyatlarni ardoqlash, shu bilan birga turli hil salbiy holatlardan asrash, yoshlarimizni ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalashda muzeylar ahamiyatli o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda yuz yilga yaqin tarixi bor tumanimizda, uning o‘tkanidan, tarixidan darak beradigan bironta muzeydek ma’rifiy muassasaning yo‘qligi yechimini ko‘tayotgan masalalarning biri desa bo‘ladi.
Joriy yilda Tomdi tumani Qoraqalpoqlar milliy madaniy markazi, Xalq deputatlari Navoyi viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘lib, «Millat va elatlar vakillarining adabiyoti, milliy an’analari, urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish - millatlararo totuvlikning garovi» mavzusidagi loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Ushbu loyiha asosida milliy markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi dunyoga mashhur V.Saviskiy nomidagi va «Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi»ga hamda respublikadagi tarixiy maskanlarga sayohat tashkillashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq shoir Ajiniyaz Qosibayulining tavalludining 199 yilligini nishonladi.
Mazkur loyihaning yana bir maqsadi milliy madaniy markaz huzurida muzey tashkil qilish edi. Bu borada markaz faollari astoidil mehnat qilib,eksponatlar yig‘ish ishlarini olib bordi va samarali natijaga erishdi.
Xalqimizning turmushi, madaniyatidan namuna bo‘ladigan o‘nlab eksponatlar yig‘ildi. Muzeyda o‘tovning bezaklari, ilgarilari qo‘llanilgan buyumlar va boshqa eksponatlar o‘rin olgan.
Muzey Yangi Tomdidagi 2-sonli tabiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ihtisoslashtirilgan maktab-internatining uchinchi qavatida joylashgan. Uning dastlabki tashrif buyuruvchilari ham ushbu ta’lim muassasasi o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘ldi.
Muzeyga tashrif buyuruvchilar «Usinislar men pikirler»kitobiga o‘z taklif va fikrlarini qoldirdi.
Mahalliy qoraqalpoq va qozoq xalqining tarixi, turmushi, amaliy san’at namunalari bilan qiziquvchilarga eshigimiz hardoyim ochiq.
Bugungi kunda davlatimiz,hukumatimiz tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaymoqda.
D.Muratov
Milliy markaz
raisi o‘rinbosari