Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

Bugun, tuman madaniyat bo‘limida 21 oktyabr -O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati a’zosi senator Z.Tulekova, tuman hokimi o‘rinbosari N.Beknazarov, tuman hokimi maslahatchi M.Nurmurodov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari M.Samatov, korxona va tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirda Oliy Majlis senati a’zosi senator Z.Tulekova so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida mavzuga oid kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi, she’r va ma’lumotlar berildi.