O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 733-moddasida fuqarolar o'rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ortiq bo'lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo'lganida esa summasidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo'lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan vekselь, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog'oz bilan tasdiqlangan bo'lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Iliyas Abdullayev
Tomdi tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markaz boshlig'i