Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

NURONIYLAR HAYOTI YOSHLARGA IBRAT

So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa,yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Habarlaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yildagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Maktablarda futbol»- “Football for schools" dasturi asosida musobaqalar, festivallar, to‘garaklar, mahorat saboqlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tomdi tumanining umumta’lim maktablarida ushbu dastur doirasida bir qator musobaqalar o‘tkazilishi bilan birgalikda, futbol to‘garaklari ham tashkil etilgan.Shu ma’noda joriy yil 28 noyabr kuni Navoiy viloyati futbol akademiyasi xodimlari tumanimizga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi vise prezidenti D.Davronov, "Futbol akademiyasi" bosh murabbiyi N.Amonov, Ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassisi Gʻ.Samandarov, Tomdi tuman yoshlar sport maktabi futbol murabbiyi Sh.Murotov va tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari J.Ayag‘anov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

 

Nuroniy jamg‘armasi" Tomdi tuman bo‘limi mutaxassisi

N.Qazixanov