Respublikamizda “3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.
Shu ma’noda kecha 3 dekabr kuni Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov viloyatimizning chet hududlari bulgan “Ayaqquduq” va “Sharq” ovul fukarolar yig‘inlariga tashrib buyurdi.
Xalq bilan uchrashishdan oldin fukarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan nogironlar va hamda yotoqli, boquvchisini yuqotgan 29 oilalar xolidan xabar olib sovg‘a oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Aholi bilan uchrashuvning asosiy maqsadi jamiyatni yanada demokratlashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan aholini xabardor qilish, mahalliy ijro yetuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligi va mas’uliyatini oshirishdir.
Sayyor qabulga kelganlar o‘z muammo va tashvishlari yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qilib, ijobiy javoblar oldi.
Har bir masala bo‘yicha mas’ullarga vazifalar topshirilib, ishlarni qisqa muddatlarda bajarish topshirildi. Masalalarning aksariyat qismi shu yerning o‘zida mutasaddilar ishtirokida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, javob qaytariladigan bo‘ldi.
Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi.