Bugun, 24-iyul kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani kengashining navbatdagi yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani-Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Sibayev boshqarib bordi. Sessiyada tuman hokimi v.b O.Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati a’zosi senator Z.Tulekova, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish yettinchi sessiyasi
KUN TARTIBI
Birinchi masala. Sektor rahbarlarining hududda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida sektor rahbarlari hisobot berdi.
Ikkinchi masala. Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2024-yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti haqida Tuman prokurori O.Qurbonov hisobot berdi.
Uchinchi masala. 2024-yil o‘tgan davri davomida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash, huquq-tartibotni mustahkamlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti haqida IIB boshlig‘i A.Ikromov hisobot berdi
Turtinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11- sentyabrdagi ““O‘zbekiston- 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Madenovning hisoboti tinglandi
Beshinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024 yil 1 iyuldagi “Sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan” 01-10/36-sonli axborotnomasi to‘g‘risida Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri O.Alibekovning axboroti tinglandi
Oltinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining 2024-yilning o‘tgan davri davomida tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Madenovning hisoboti tinglandi
Yettinchi masala. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risida Suketti, Keriz, Keregetov ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchilari hisobot berdi.
Sakkizinchi masala. 2024-yil 6 oyi davomida tuman mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida mahalliy byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligini kamaytirish hamda Tomdi tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan jismoniy va Yuridik shaxslarning soliq qarzdorliklarini undirilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Xolmo‘minov hisobot berdi
To‘qqizinchi masala. Tomdi tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak ijrosi xamda xarajatlarni qayta taqsimlash yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i K.Igilikovning hisoboti to‘g‘risida
O‘ninchi masala “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Bobomurodovning hisoboti tinglandi.
O‘n birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N.Beknazarovning hisoboti tinglandi
O‘n ikkinchi masala Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha joriy yil II choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida Navoiy suv ta’minoti MCHJ Tomdi tuman bo‘limi boshlig‘i D.Xayriyev hisobot berdi
Boshqa masalalar.