Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SAKSON UCHINCHI SESSIYASI

Bugun, 25-sentyabr kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani-Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Sibayev boshqarib bordi. Sessiyada tuman hokimi v.b O.Umarov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi
KUN TARTIBI


Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmonining tumandagi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Tuman hokimi v.b O.Umarovning hisoboti tinglandi


Ikkinchi masala. 2024-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda investisiya dasturlari va eksport prognozlarining bajarilishi holati joriy yil yanvar-avgust oylarida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida Tuman hokimi v.b O.Umarovning hisoboti tinglandi.


Uchinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan 77-sonli yig‘ilish bayoni va “yo‘l xaritasi”ning tumandagi ijrosi haqida Tomdi tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Madenovning hisoboti tinglandi.


To‘rtinchi masala. Kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha ob’yektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, tibbiyot muassasalari) amalga oshirilayotgan ishlar holati tuman hokimi o‘rinbosari R.Qunaqbayev hisobot berdi.


Beshinchi masala. Hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti to‘g‘risida Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.Norqulov hisobot berdi.


Oltinchi masala. Yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi Tomdi tumani bo‘limi boshlig‘i v.v.b. J.Toshpulatov hisobot berdi.

Boshqa masalalar