Bugun, "Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat" mavzusida “Keksalar” haftaligi doirasida tumanning bir guruh nuroniylar kengashining faol a’zolari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Nuroniylar jamoatchilik kengashi tuman bo‘limi raisi L.Bayanasov tomonidan O‘zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 816-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilanganligi,ushbu haftalikni keng nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish lozimligi, shuningdek 2-8 oktyabr kunlari barcha fuqarolar yig‘inlarida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq masalalari Tomdi tumani hokimligida muhokama qilinganligi, “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tuzilib, dastur qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda o‘zaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, inson qadr-qimmati uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida, tumanimizda olib borilayotgan hayrli ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh nuronilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi.