Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash va probatsiya nazoratidagi fuqarolarning muammo va takliflari o'rganish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun Tomdi tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi v.b O.Umarov va "Agrobank" bosh ofisidan biriktirilgan vakil A.Usmonov mahalla “yettiligi”, tadbirkorlik subektlari va aholi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 40 dan ziyod tadbirkorlar va aholi ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tumandagi tadbirkorlar faoliyatlarini rivojlantirish, ko‘proq ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasida ham fikr yuritildi. Shuningdek, uchrashuvda tumandagi sharq, keregitov, tomdibuloq va aqtov ovul fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolar tomonidan PQ-312 sonli qarorga asosan kredit olish istagi bildirildi.
Uchrashuv davomida murojaat qilgan 8 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida xal etilgan bo’lsa qolgan 32 nafar tadbirkorlarning murojaatlari ijrosi nazoratga olindi.