“Navoiy cho‘llarida suvsizlik sabab aholi uy-joylarini tashlab ketyapti” degan axborot ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yilda Navoiy viloyati Tomdi tumaniga qilgan tashrifida “Keregetov” OFY aholi faollari tomonidan “O‘rtaquduq” aholi punktidagi aholining chorva mollarini sug‘orish uchun suv qudug‘i qazish bo‘yicha taklif bildirilgan.
Shunga ko‘ra, ushbu taklif Prezident tashrifi protokoliga kiritilib, Tomdi tumani “Keregetov” OFY hududidagi “O‘rtaquduq” aholi punktida 2018 yilda suv qudug‘i va nasos o‘rnatilib, ishga tushirilgan.
Mazkur quduq va suv nasosi biror bir yuridik yoki jismoniy shaxs balansiga olinmagan bo‘lib, elektr energiyasi iste’moli uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich to‘lovlari “Keregetov” OFY hisobiga biriktirilib, elektr energiyasi to‘lovlari amalga oshirilib kelingan.
Tuman mahallalar uyushmasining elektr energiyasi iste’molidan kelib chiqqan 26 mln. qarzdorlik mavjud bo‘lganligi sababli, tumandagi 7 ta ovul fuqarolar yig‘inlari binolari bilan birgalikda ushbu quduqqa o‘rnatilgan nasos ham tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgan va bugungi kunga ushbu qarzdorlik tuman mahallalar uyushmasi tomonidan to‘liq qoplangan.
Joriy yilning 25 sentyabr kuni ushbu elektr hisoblagich ovul fuqarolar yig‘ini hisobidan chiqarilib, “O‘rtaquduq” aholi punktida yashovchi fuqaro Qaldibekov Nurali nomiga rasmiylashtirilgan va bugungi kunda elektr energiyasi bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Bugungi kunda ushbu aholi punkitida 25 dan ortiq honadonlarda 230 dan ziyod aholi yashab kelmoqda. 21.10.2024 yildagi video materialda aytilgan aholining suvsizlik tufayli uy-joylarini tashlab ketyapti deyilgan, ma’lumot umuman haqiqatga tug‘ri kelmaydi, sababi “Keregetov” OFY bo‘yicha yuritilgan xujalik kitobida hamda mahaliy aholi bilan suhbatlarda keyingi un yil mobaynida mazkur ovuldan kuchib ketish kayd etilmagan.