❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni: qatnashchilarning Konstitutsiyani bilish darajasi o'rta hisobda 65 foizni tashkil etdi
???? Imtihonda jami 210 720 nafar fuqarolar ishtirok etdi (shundan 40 foizi – erkaklar, 60 foizi – ayollar).
???? Ishtirokchilarning:
▫️93 foizini yoshlar tashkil etdi. Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida yashovchi 73 yoshli M.Usmonova eng yoshi katta ishtirokchi bo'ldi;
▫️77 foizi – umumta'lim maktab, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari, 12 foizi – talabalar, 11 foizi – boshqalardan iborat.
❕Respublika bo'yicha barcha ishtirokchilarning o'rtacha ko'rsatkichi 65 foizni tashkil etdi (20 ta savoldan 13 ta to'g'ri javob).
✅ Ishtirokchilarning uchdan bir qismi imtihonda a'lo natijani qayd etdi (17 ta to'g'ri javob). 6 foiz ishtirokchi barcha savolga to'g'ri javob berdi.
???? Eng yaxshi natijani Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etdi (o'rtacha 15 ta to'g'ri javob).