Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

sayyor uchrashuv

Tomdi tuman hokimi v.b O.Umarov tuman hududida joylashgan “Urajay” uzumchilik bog‘dorchilik jamiyatida bo‘lib, hudud aholisi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri O.Alibekov va tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.
Tomdi tumani IIB JXX Probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan sektor rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib mavjud bo‘sh ish o‘rinlari tanishtirildi. Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan murojaatlar tinglanib, murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.