O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun 1991 yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan 7 sesiyasida qabul qilingan.
Bugun milliy bayrog‘i o‘zida juda katta ma’no mazmunni mujassam etgan yuksak did va mahorat bilan puxta ishlagan, butun O‘zbekiston axlining asriy orzu-istaklarini hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va extiromga sazovordir.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi,tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan "Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasi sizlarni muborakbod etadi.