“Ayaqquduq” ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova va tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari Q.Xolmo‘minovlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Qabul davomida ishsizlik masalasi, davolanish uchun moddiy yordam ayrim uylar uchun kadastr xujjatlarini rasmilashtirish va boshqa masalalar muammolar alohida nazoratga olinib, fuqarolarning murojaatlari tahlil qilindi hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng, hududdagi 3-umumta’lim maktab va 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati bilan tanishdi va o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.