Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Qulimbet aholi punkitida navbatdagi sayyor uchrashuvini o‘tkazdi.

Tomdi tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlari bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova “Ayaqquduq” OFYga qarashli, Qulimbet aholi punkitida navbatdagi sayyor uchrashuvini o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari Q.Xolmuminov va tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida har bir fuqaro va yoshlarning murojaati birma-bir tinglanib, ijobiy hal etilishiga e’tibor qaratildi. Qabulda fuqarolar tomonidan hududdagi ishsizlik masalasi, sog‘liqni tiklash maqsadida moddiy yordam ajratish kabi masalalarda amaliy yordam so‘rab murojaat etildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 10ga yaqin murojaat tinglanib, ularning 3 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas’ullarga topshiriq berildi.
Tashrif davomida hududdagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalar xolidan xabar olib muammolarini o‘rgandi.