Tomdi tumani hokimligida tumandagi oila va xotin-qizlar bilan ishlash, "Ayollar daftari"ni shakllantirish ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo‘yicha xatlov o‘tkazish yo‘riqnomasi bilan va mahalla yettiligi hamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda tuman hokimi Orzumurod Umarov, Respublika ishchi guruhi ma’sul xodimi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari N.Isoqov, tumandagi mahalla yettiligi va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritilagan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda “Ayollar daftari”ni yuritishni namunali tashkil etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi