Bugun, 24-fevral kuni Xalq deputatlari Tomdi tumani kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani-Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Orzumurod Umarov boshqarib bordi. Sessiyada tuman Xalq qabulxona mudiri O.Alibekov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi KUN TARTIBI
Birinchi masala. Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Sibayev hisobot berdi.
Ikkinchi masala. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Tomdi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Abdullayevning Axboroti tinglandi
Uchinchi masala. Tomdi tumani ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i A.Azizovning 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
To‘rtinchi masala. Tomdi tumanining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi “drayver” loyihalarni tasdiqlash va ularga zarur infratuzilmani yaratish uchun Davlat byudjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Madenovning hisoboti tinglandi.
Beshinchi masala. Tumanda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish to‘g‘risida
Oltinchi masala. 2024-yilning davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida tuman prokurorining hisoboti tinglandi Tomdi tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova hisobot berdi.
Boshqa masalalar